G'ulom Rahmonov: "Biz “Paxtakor”ni yutish mumkinligini isbotlashimiz kerak"

Narzulla Saydullayev
14 apr 2017
Bugun G'uzor shahridagi Bolalar sport majmuasi futbol maydonida Yoshlar ligasi 6-turdan o'rin olgan “Sho'rtan” – “Paxtakor” uchrashuv bo'lib o'tadi. Turning markaziy uchrashuvi har ikki jamoa uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Mavsumni a'lo darajada boshlagan Asror Aliqulov shogirdlari sermahsul o'yinlari bilan vohalik futbol ixlosmandlariga ajoyib futbol shou larini taqdim etishda davom etmoqda.

Mazkur bahs oldidan “Sho'rtan” yoshlar jamoasi sardori G'ulom Rahmonovning fikrlari bilan qiziqdik:

"Bugun o'z maydonimizda qiyin uchrashuvlardan birini o'tkazamiz. “Paxtakor”ning eng katta kuchi bu jamoaning ancha shakllangan tarkibidir. Ular tajriba bobida tashabbusga egalar. Jamoa safidagi futbolchilar yosh iqtidorli yuksak ijrochilardir. Lekin bunga e'tibor bermasdan, o'z o'yinimizni o'ynaverishimiz darkor. Shunda muvaffaqiyat  biz tomonga o'zi kelaveradi. Biroq biz  “Paxtakor”ni yutish mumkinligini isbotlashimiz kerak. Biz har – bir turda g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Biz futbolchilar uchun klub manfaati yuqori turadi", - deydi Rahmonov.

Fahriddin Choriev.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia