

"Lokomotiv" klubi safida o'ynab kelgan yarim himoyachi G'ulom Haydar G'ulomov "Neftchi" a'zosiga aylandi. Futbolchi farg'onaliklar tarkibida 24-raqamda harakat qiladi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi shu yilning boshida "Buxoro" klubi yig'inlarida ko'rinish bergandi. Yakunda G'ulomov "Neftchi" safida harakat qiladigan bo'ldi.
Ma'lumot uchun, G'ulom Haydar G'ulomov 2020 yil yozidan boshlab "Lokomotiv" sharafini himoya qilgan va o'tgan yilning noyabrida jamoa bilan xayrlashgan. G'ulomov o'tgan mavsum Superligada 22 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.



