Gullit: “Bonida Romarioga o'xshash xususiyat mavjud”

Narzulla Saydullayev
4 sen 2013
“Chelsi” klubi va Gollandiya terma jamoasi futbolchisi afsonaviy Rud Gullit, o'tgan mavsum mamlakat chempionatining eng yaxshi futbolchisi deya tan olingan Vilfrid Bonining o'yiniga izoh berib o'tdi.
Ushbu yozda Boni “Vitess”dan “Suonsi” klubiga o'tdi.


“Unda Romarioga o'xshash xususiyat mavjud. Boni to'pni o'zi bilan raqib darvozasi oldigacha olib boradi. U yuqori tezlikka va ajoyib driblingga ega futbolchi. Dide Drogba ham shu yoshda ochila boshlagan, shunday ekan endi Bonining o'zini ko'rsatish payti keldi”, - deydi Gullit.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com