Gruziyaning Evro-2024 uchun qaydnomasi ma'lum. Unda "Napoli", "Valensiya" va "Persepolis" futbolchilari bor

Alisher
8 iyun 2024
Gruziya terma jamoasi Evro-2024 uchun yakuniy tarkibini e'lon qildi.

Villi Sanol boshchiligidagi murabbiylar shtabi quyidagi futbolchilarni tanladi:


Darvozabonlar: Georgiy Mamardashvili ("Valensiya"), Georgiy Loriya ("Dinamo", Tbilisi), Luka Gugeshashvili ("Qorabog'");

Himoyachilar: Solomon Kverkveliya ("Al Oxdud"), Guram Kashiya ("Slovan", Bratislava), Georgiy Gvelesiani ("Persepolis"), Lasha Dvali (APOEL), Luka Lochoshvili ("Kremoneze"), Otar Kakabadze ("Krakoviya"), Georgiy Gocholeishvili ("Shaxtyor"), Jemal Tabidze ("Panetolikos");

Yarim himoyachilar: Georgiy Chakvetadze ("Uotford"), Anzor Mekvabishvili ("Universitatya Krayova"), Otar Kiteishvili ("Shturm"), Nika Kvekveskiri ("Lex"), Georgiy Kochorashvili ("Levante"), Sandro Altunashvili ("Volfsberg"), Levan Shengeliya ("Panetolikos"), Georgiy Citaishvili ("Dinamo", Batumi), Saba Lobjanidze ("Atlanta Yunayted"), Xvicha Kvaratsxeliya ("Napoli"), Zuriko Davitashvili ("Bordo"), Gabriel Sigua ("Bazel");

Hujumchilar: Jorj Mikautadze ("Metc"), Budu Zivzivadze ("Karlsrue"), Georgiy Kvilitaya (APOEL).


Gruziya F guruhida Turkiya, Portugaliya va Chexiya bilan o'ynaydi.



AlisherMuallif
Manba: nakrebi.ge