Gruziya terma jamoasi darvozaboni: Xvicha butun boshli Ispaniya termasidan kuchli

Khoja
29 iyun 2024
Gruziya terma jamoasi darvozaboni Georgiy Mamardashvili Xvicha Kvaratsxeliyaning imkoniyatlariga juda yuqori baho berdi.

Xvicha butun boshli Ispaniya termasidan kuchli. Biz ushbu uchrashuvda g'alaba qozonamiz demadim, biroq biz u jangda oxirgacha kurashamiz. Ko'ramiz,oxirida nima bo'ladi.

Ispaniya - musobaqa favoritlaridan biri. Biz ham guruh bosqichida yomon ishtirok etmadik deb o'ylayman.

O'yin davomida biz yaxshi himoyalanishimiz va imkoniyatlarimizdan maksimal darajada foydalanishimiz lozim, - dedi darvozabon.

Ispaniya va Gruziya o'rtasidagi uchrashuv 30 iyun kuni bo'lib o'tadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com