Grizmanning otasi Setenga javob berdi: "Gapirishing uchun senda yuk mashinasining kaliti bo'lishi kerak. Sen esa shunchaki yo'lovchisan"

Alisher
1 iyul 2020
"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmanning otasi Alen Grizmann kataloniyaliklar bosh murabbiy Kike Seten nomiga keskin gaplarni aytdi.

"Gapirishing uchun senda yuk mashinasining kaliti bo'lishi kerak. Sen esa shunchaki yo'lovchisan", - deydi Grizmanning otasi.

Grizmann "Barselona" tarkibida so'nggi to'liq o'yinini 16 iyunda "Leganes" (2:0)ga qarshi o'tkazgan edi. Shundan so'ng esa "Sevilya" (0:0)ga qarshi o'yinda 14 daqiqa, "Atletik" (1:0)ga qarshi o'yinda 65 daqiqa va "Selta" (2:2)ga qarshi bahsda 10 daqiqa harakat qildi. Kecha bo'lib o'tgan "Atletiko"ga qarshi o'yinda esa 90-daqiqada maydonga tushdi.

O'tgan yozda "Barselona"ga 120 million evro evaziga o'tgan futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/elchiringuitotv