Grizmann: "Valverde Simeonega o'xshab qattiq baqirmas ekan"

Eldor Akmurzayev
28 iyul 2019
Barselona forvardi Antuan Grizmann kataloniyaliklar ustozi Ernesto Valverde va sobiq jamoasi murabbiyi Diego Simeone o'rtasidagi farq haqida gapirdi.

Ular turli xil. Valverde xotirjam. U Simeonega o'xshab qattiq baqirmaydi. U boshqa. Biroq, unda zo'r g'oyalar bor va u jamoani qaerga etaklashni yaxshi biladi. Bu esa eng asosiysidir – deya qayd etgan 27 yoshli futbolchi.

Avvalroq, Antuan matraschilarni tark etayotganida kelajagiga aniqlik kiritmagani haqida aytgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Diario Sport