Grizmann: "Oltin to'p"ni ololmaganimdan xafa emasman"

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2018
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann Xorvatiyaga qarshi JCH-2018 finalidan (4:2) so'ng, his-tuyg'ulari bilan bo'lishdi.

"Biz jahon chempionlarimiz. Bu biz hayotimizda erishgan asosiy yutuq. Futbolchi hayotida ro'y beradigan eng yaxshi voqea.

"Oltin to'p"ni ololmaganimdan xafa emasmanmi? Yo'q. Qarorni men qabul qilmayman. Tashkilotchilar boshqani tanlashdi. Men uchun asosiy sovrin - jahon kubogi. "Oltin butsa" - esa bonus.

Penalti? To'p maydonni tark etganini ko'rdim, burchak zarbasi tepamiz deb o'ylagandim. Jiru to'p qo'lga tekkanini aytdi. Penalti tepishdan oldin sirli harakatni amalga oshirdim. Nimaligini aytmayman. Hali yana nuqtadan zarba berishim kerak" - deydi Grizmann.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com