Grizmann bir yilda YCHL va Yevropa chempionati finalida yutqazgan ikkinchi futbolchi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2016
Fransiya terma jamoasi Evro-2016 finalida Portugaliyaga yutqazib qo'ydi (0:1).

Uchranglilar hujumchisi Antuan Grizmann bir mavsumda ham YCHL, ham Yevropa chempionati finalida mag'lub bo'lgan ikkinchi futbolchi bo'ldi.

May oyida hujumchi Atletiko safida Realga yutqazib qo'ygandi.

2008 yilda bunday natijani Mixael Ballak qayd etgandi: u Chelsi bilan YCHL finalida, Germaniya bilan Evro finalida mag'lub bo'lgan edi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com