Grizmann "Atletiko" tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi
Оқил Абдубарноев
12 yanv 2024
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann klub tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi.
Fransiyalik futbolchi Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Real"ga qarshi o'yinda (3:5) gol urdi. Hujumchi "matraslar" safidagi 174-golini urdi va 173 ta to'p kiritgan Luis Aragonesni ortda qoldirdi.