Grigoryan Armaniston termasini boshqarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
4 noya 2019
"Paxtakor", "Anji" va "Tambov" kabi jamoalarning sobiq ustozi Aleksandr Grigoryan faoliyatini Armanistonda davom ettirishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, so'nggi haftani 53 yoshli mutaxassis Erevanda Armaniston futboli mutasaddilari bilan o'tkazmoqda. Uning oldida ikki variant bor. Biri - "Pyunik".

Ikkinchisi esa Armen Gyulbudagyancning iste'fosidan keyin murabbiysiz qolib ketgan Armaniston termasi bo'lib turibdi.

Qayd etish kerak, Grigoryan 2015 yilning kichik davri mobaynida "Paxtakor"ni boshqargandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: евро-футбол.ru