Gretsiya chempionatida muxlislar va policiya o'rtasida to'qnashuv yuzaga keldi

Sherzod Nurmatov
5 dek 2023
Gretsiya chempionati doirasidagi "Volos" – "Olimpiakos" uchrashuvining so'nggi daqiqalarida mehmon jamoa ishqibozlari stadionga bostirib kirishga urindi.

Ikkinchi bo'limning qo'shimcha daqiqalari davom etayotgan bir pallada hakam mehmonlar tomonidan urilgan golni VAR yordamida bekor qildi. Natijada hisob 2:2 ko'rinishida qoldi. Bundan darg'azab bo'lgan "Olimpiakos" tarafdorlari stadionga bostirib kirishga harakat qildi. 

Vaziyatga policiya aralashishga majub bo'ldi hamda ikki tomon o'rtasida to'qnashuv yuzaga keldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BNN Breaking