Grant: “Abramovich kimnidir sotib olishni istasa, u albatta bu ishni amalga oshirardi”

“Chelsi”ning sobiq bosh murabbiyi Avraam Grant “Bayer” yarim himoyachisi Kay Xavertcning London klubiga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.

-Ilgari Abramovichda pul bilan bog'liq muammolar bo'lmagan. U kimnidiri sotib olishni istasa, albatta o'sha transferni amalga oshirgan. Abramovich istagan futbolchisi uchun pulni ayamagan.

Ayni paytda muhim jihati klub o'z akademiyasi tarbiyalanuvchilari imkoniyatlaridan foydalanmoqda. Akademiya uchun etarlicha mablag' sarflandi, ammo u erdan etishib chiqqan futbolchilarga etarlicha imkoniyat berilmasdi. “Chelsi”dagi asosiy vazifalarimdan biri shuncha pul va mablag' sarflangan akademiya tarbiyalanuvchilarini asosiy tarkibga jalb etish edi. 

Ayni paytda klub tarbiyalanuvchilariga katta e'tibor qaratilmoqda va Frenk bundan unumli foydalanmoqda. “Chelsi”da talantli yoshlar ko'chilik. Ularga imkoniyat berilmoqda va yosh futbolchilar bundan unumli foydalanib, maydonda nimalarga qodirliklarini namoyon etishmoqda.  Klub yaqin yillarda o'z o'rnini topib oladi.

Yaxshi transferlar orqali ular “Manchester Siti” va “Liverpul”ga raqobat qilishlari mumkin. Xavertc saviyali futbolchi.  Ushbu futbolchining transferning qanchalik foydali ekanligini sabr bilan kuzatishga to'g'ri keladi”, deydi Grant.


Manba: Goal