Granero: "Real"ning Mourinyo bilan g'alabasi "Barselona"ni o'z joyiga tushirib qo'ydi"

Aslanov Jasurbek
24 dek 2016
"Real" sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Real Sosedad" sharafini himoya qilayotgan Esteban Granero "qaymoqranglilar"ning 2011/12 mavsumdagi g'alabasi ahamiyati haqida gapirdi.

O'shanda jamoani hozir "Manchester Yunayted"da bosh murabbiyi bo'lib ishlayotgan Joze Mourinyo boshqargan edi.

"Men "Real" akademiyasida o'ynaganimda, "Barselona" bilan bahslarda natijalar yaxshi edi. Keyin 1987-88 yilda tug'ilgan futbolchilar guruhi Gvardiola qo'l ostida mag'lub bo'lmay qo'ydi. Bu 2011/12 mavsumda biz LaLigada g'olib bo'lmagunimizcha davom etdi. "Real"ning Mourinyo bilan g'alabasi "Barselona"ni o'z joyiga tushirib qo'ydi. O'shandan beri "Barselona" hurmatini yo'qotdi" - deydi Granero.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: EFE