Goran Pandev “Inter”ga qaytishi mumkin

Makedoniyalik yana Milanda to'p tepishi mumkin.

“Inter” favqulodda vaziyatlar oldini (hujumchilar jarohati) olish uchun jamoaga yana bir hujumchini jalb etish niyatida. Qayd etilishicha, 36 yoshli Goran Pandev “Inter”ga qaytishi mumkin.

Futbolchi ayni damda “Jenoa” safida. U joriy mavsum A Ceriyada 18 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

Pandev 2010-2011 yillarda “Inter” safida harakat qilgan.


Manba: Dimarzio.com