Pandev: "Mourinyo barchasini yuzingizga aytadigan odam"

Omonjon To`xtamirzayev
2 dek 2024
"Inter" sobiq futbolchisi Goran Pandev murabbiy Joze Mourinyo qo'l ostida to'p tepgan davrlarini yodga oldi.

"Oson bo'lmagan. Va Mourinyo yetakchi edi, u hattoki ishlarimiz qovushmagan pallalarda ham bizni himoya qilardi: biz chempionlikni "Roma"ga boy berayotgandik, oxirgi kuni Sienada zafar quchganmiz.

U barchasini yuzingizga aytadigan odam, shuningdek, u sizning ongingizga "kira oladi".

Faoliyatim davomida ko'plab murabbiylar bilan ishlaganman, lekin unga o'xshagani... Zaxirada qolib ketganlar, uni maydonga tushganlardan ko'ra ko'proq yaxshi ko'rishardi! Men hali ham u buni qanday uddalaganini tushuna olmayman".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: calciomercato.com