Gongkong terma jamoasi OK saralash uy o'yinlarini Gonkong stadioniga ko'chirdi

Narzulla Saydullayev
18 sen 2013
Gonkong Futbol Uyushmasi Gonkong milliy terma jamoasining OK-2015 saralashidan o'rin olgan BAA va O'zbekistonga qarshi uy o'yinlarini Mongkokdan Gonkong stadioniga ko'chirishni so'rab rasmiy xat bilan murojaat qilgan.
OFK Gonkong Futbol Uyushmasining iltimosini qabul qildi va unga ko'ra Gongkong terma jamoasining BAA va O'zbekistonga qarshi OK-2015 saralash o'yinlari aynan Gongkong stadionida o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi OK-2015 saralash 3-turi doirasida 15 oktyabr kuni Toshkentda Vetnam terma jamoasini qabul qiladi.

15 va 19 noyabr kunlari esa, O'zbekiston safarda Vetnam hamda Gongkong terma jamoalariga qarshi o'ynaydi. Guruh bosqichining so'nggi tur uchrashuvi 5 mart kuni Toshkentda BAA terma jamoasiga qarshi o'tkaziladi. Ma'lumot o'rnida ayni paytda O'zbekiston milliy terma jamoasi E guruhida 1 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com