Gomis Yaponiya klubiga o'tdi

Sherzod Nurmatov
8 avg 2023
Fransiyalik mashhur hujumchi Bafetimbi Gomis erkin agent sifatida Yaponiyaning "Kavasaki Frontale" klubi a'zosi bo'ldi.

38 yoshli futbolchi o'tgan mavsumni "Galatasaroy"da o'tkazib, Turkiya chempionatining 23 ta o'yinida 8 ta gol urdi. 

Transfermarkt portali hozirda tajribali fransiyalikni 650 ming evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, "Kavasaki Frontale" Yaponiyaning to'rt karra chempioni hisoblanadi. Bu jamoa oxirgi marta 2021 yilda ichki chempionatda g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: onefootball.com