

Futbolchi "Suonsi"ga tegishli, "Marsel"da esa u ijarada o'ynamoqda. Fransiya klubi 31 yoshli fransiyalikni sotib olishga rozi, ammo faqat maoshni kamaytirish sharti bilan.
Gomis Patris Evra va Dmitri Payetdan kam maosh olishni istamaydi. Shu sababli u muzokaralar paytida "Suonsi"dagi maoshi saqlanib qolishini aytmoqchi.
Futbolchi va "oqqushlar" o'rtasidagi bitim 2018 yilning yozida yakuniga etadi.


