

Rossiya terma jamoasining 22 yoshli futbolchisi umumiy guruh bilan mashg'ulot o'tkazyapti. Golovin jarohati sabab bir oydan beri manegaskliklarga yordam bera olmayotgandi.
Avvalroq, “Monako” bosh direktori Vadim Vasilev Golovinning YCHL doirasidagi “Atletiko”ga qarshi o'tkaziladigan o'yinda maydonga tushishini aytgandi. Monakodagi bu uchrashuv 18 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.




