Gollandiyalik hakam Ispaniya - Rossiya o'yinida video takrorlarga mas'ul bo'ladi

Aziz Tukhtamuradov
1 iyul 2018, 07:21
FIFA JCH-2018 1/8 final bosqichidan o'rin olgan Ispaniya - Rossiya uchrashuvida ishlaydigan videotakror uchun javobgar hakamlar guruhini tayinladi.

Brigada rahbari sifatida gollandiyalik Danni Makkeli harakat qiladi. Videoreferi guruhida Makelliga polshalik Pavel Gil hamda germaniyalik assistentlar Mark Borsh va Feliks Cvayer yordam beradi.

Eslatib ao'tamiz, Ispaniya - Rossiya uchrashuvini boshqarish ham gollandiyalik hakamlar zimmasiga yuklatilgandi. FIFA referisi Born Kuypersga qanotlarda Sander van Rukel va Ervin Zeynstra ko'maklashadi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: