Gollandiya chempionatining 2018/19 yilgi mavsumi uchun taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

Alisher
3 sen 2019, 11:34
Amstyerdamda 2018/19 yilgi mavsum Gollandiya chempionati uchun taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

"Yil o'yinchisi" nomiga sobiq "Ayaks" o'yinchisi, hozirda esa Turinning "Yuventus" klubi sharafini himoya qilayotgan Matteys De Ligt munosib teb topildi.

De Ligt o'tgan mavsum "Ayaks" safida 33ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishgan.

"Eng yaxshi yosh o'yinchi" deb yozda "Barselona"ga o'tgan Frenki de Yong topildi. 

Dushan Tadich va Lyuk de Yong "eng yaxshi to'purar" sovriniga ega chiqishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/afcajax_en