Goal. Yevropa chempionati va Kopa Amerika musobaqasidan so'ng Oltin to'p uchun davogarlar reytingi o'zgardi

Khoja
16 iyul 2024
Evro-2024 va Amerika kubogi-2024 yakunlariga ko'ra, Goal nashri o'z talqinida Oltin to'p uchun davogarlar reytingini yangiladi.

Unga ko'ra, Yevropa chempioniga aylanib, turnirning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan Rodri Oltin to'p uchun asosiy davogarga aylandi.

Shuningdek, La Liga va YCHL g'olibligidan keyin Ispaniya bilan Evroda chempion bo'lgan Dani Karvaxal 4-o'ringa ko'tarilgan bo'lsa, Amerika kubogida Argentinaga chempionlikni keltirgan Lautaro top-5likdan joy oldi. Messi esa 19-o'rindan 16-pog'onaga ko'tarilgan. Krishtianu Ronaldu top-20likni tark etgan.

Top-20 davogarlar reytingi bilan tanishing:

1. Rodri (Manchester Siti)

2. Vinisius Junior (Real)

3. Jud Bellingem (Real)

4. Daniel Karvaxal (Real)

5. Lautaro Martines (Inter)

6. Toni Kroos (faoliyatini yakunladi)

7. Kilian Mbappe (Real)

8. Harri Keyn (Bavariya)

9. Filip Foden (Manchester Siti)

10. Niko Uilyams (Atletik)

11. Florian Virtc (Bayer)

12. Lamin Yamal (Barselona)

13. Erling Holand (Manchester Siti)

14. Emiliano Martines (Aston Villa)

15. Alvaro Morata (Atletiko)

16. Lionel Messi (Inter Mayami)

17. Xulian Alvares (Manchester Siti)

18. Dani Olmo (RB Leyptsig)

19. Bukayo Saka (Arsenal)

20. Rodrigo (Real).


KhojaMuallif
Manba: Goal.com