Go Oiva: "Osiyo chempionati tajriba o'tkazadigan musobaqa emas. Biz barcha o'yinlarda yutishni istaymiz"

Iskandarov Abdulaziz
7 iyun 2022
Yaponiya U-23 bosh murabbiyi Go Oiva U-23 Osiyo chempionati navbatdagi turidan o'rin olgan Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Jamoangiz birinchi bo'limda raqibga deyarli imkon yaratishga umuman yo'l quymadi. Ammo ikkinchi bo'limda raqibingiz hujumlar uyushtirib gol urishga yaqin keldi. Birinchi va ikkinchi bo'limlarda jamoa o'yiniga nima shunchalik ta’sir qildi?

- Bugun ikkita qiyin bo'limlarni o'tqazdik va biz ham ikki bor gol urishga yaqin keldik. O'yinchilarim qiyin o'yin bo'lishini bilib turishgandi va o'ylaymanki, biz yaxshi o'yin ko'rsatdik.

- Yaponiya futboli har doim qarorlarni qabul qilib kelgan va sizning jamoangiz U-23 emas U-23 ekan. Bu musobaqa shunchalik eksperiment uchunmi yoki chempionlik uchun kurashasizmi chunki bu turnir Olimpiadaga yo'llanma bermaydi?

- Bu musobaqa eksperiment qiladigan joy emas, biz birin-ketin o'yin o'tqazamiz va biz barcha o'yinlarda qozonmoqchimiz hamda chempion bo'lmoqchimiz.

- Bugungi durrangdan va futbolchilaringiz ko'rsatgan o'yinda ko'nglingiz to'ldimi?

- Men umuman qoniqmadim, deb bemalol ayta olaman chunki murabbiylarimiz va futbolchilarimizni faqat g'alaba qoniqtiradi. Bugungi durrang bizni faqat oldinga yurishimizga chorlaydi va keyingi o'yinda g'alaba  qozonishga harakat qilamiz.

- Jamoangizni keyingi o'yinga qanday tayyorlaysiz chunki bazilar aytishi mumkin Tojikistonga qarshi juda oson o'yin bo'ladi deb?

- Ular Saudiya Arabistoni dan 5 ta gol o'tkazib yuborishgan bo'lsada biz hech qachon raqiblarimizni past baholamaymiz.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia