Gnabri 0:6dan so'ng: "Biz hamma narsani qilib ko'rdik, ammo Ispaniya fantastik futbol ko'rsatdi"

Alisher
18 noya 2020
Germaniya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Serj Gnabri Millatlar Ligasidagi Ispaniyaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Bundestim" ushbu o'yinda "qizil furiya"ga 0:6 hisobida taslim bo'ldi.

"Biz mutlaqo hamma narsani qilib ko'rdik, ammo raqib bu o'yinda fantastik futbol namoyish etdi. Hozir men juda xafa kayfiyatdaman. Men natijadan g'azabdaman", - deydi Gnabri.

Ispaniya terma jamoasi ushbu guruhda birinchi o'rinni egalladi va Luis Enrike shogirdlari turnirning final bosqichiga yo'l olishdi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com