"Globe Soccer Awards-2019". Mukofotga davogar barcha nomzodlar e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
30 okt 2019
Yevropa klublar associaciyasi (ECA) va Yevropa futbol agentlari associaciyasi (EFAA) tomonidan topshiriladigan "Globe Soccer Awards" mukofotiga davogarlik qilayotgan barcha nomzodlarning nomlari e'lon qilindi.

"2019 yilning eng yaxshi futbolchisi" bo'lish uchun nomzodlar: Krishtianu Ronaldu ("Yuventus"), Lionel Messi ("Barselona"), Bernardu Silva ("Manchester Siti"), Muhammad Salax, Alisson, Sado Mane va Virdjil van Deyk (hammasi - "Liverpul").

Eslatib o'tamiz, so'nggi 3 yil davomida mazkur sovrin Krishtianu Ronalduga topshirilgandi.

"2019 yilning eng yaxshi murabbiyi" bo'lish uchun nomzodlar: Yurgen Klopp (Liverpul), Fernandu Santush (Portugaliya terma jamoasi), Erik ten Xag (Ayaks), Jamel Belmadi (Jazoir terma jamosi) va Massimiliano Allegri (Yuventus 2018/19 yilgi mavsum).

"2019 yilning eng yaxshi jamoasi" bo'lish uchun nomzodlar: "Liverpul", "Ayaks" va "Lion"ning ayollar jamoasi.

"Yil kashfiyoti" mukofoti uchun nomzodlar: Anssumane Fati ("Barselona"), Erling Xoland ("Zalcburg"), Jeydon Sancho ("Borussiya" Dortmund), Joau Feliks ("Atletiko") va Kay Xavertc ("Bayer").

Eslatib o'tamiz, mukofotning taqdirlash marosimi 29 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o'tkaziladi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Globe Soccer Awards