Gleb turkiyalik murabbiylarni ahmoq deb atadi

Aslanov Jasurbek
18 apr 2015
"Arsenal" va "Barselona" sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Gleb o'z kuchini MLSda sinab ko'rmoqchiligini ta'kidladi.

"Pul - bu muhim. Uni sizga berishayotganda olavering. Ammo men faqat bu uchun Turkiyaga ko'chib o'tganim yo'q. Futbol darajasi ham meni qiziqitirib qo'ygan edi. Lekin turkiyalik murabbiylar ahmoq. Ular bizga maydonda yugurishni aytadi va oddiy taktik ko'rsatmalar beradi. Hammasi shu. Bundan ortiq hech narsa yo'q. Amerika? Ha, u erda o'ynashni istagan bo'lardim. Shundan so'nggina faoliyatimni yakunlashim mumkin" - deydi Gleb.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru