Gleb: "O'ylaymanki, "Barselona"da o'tish davri yana 2 yil davom etadi"

Sherzod Nurmatov
5 okt 2021
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Gleb Kataloniya klubidagi holat haqida to'xtalib o'tdi.

"Ayni paytda avlodlar almashinuvi ro'y bermoqda. Hozir hatto Messi ham hech narsa qilolmasdi. Ilgari "Barsa"da iqtidorli hamda tajribali futbolchilar jamlanishgandi. Hamisha yetakchilar bo'lgan. Hozir ularning deyarli barchasi faoliyatini tugatdi yoki boshqa klublarga ketdi. Messi qolgandi, biroq u jamoani ortidan ergashtira olmay qoldi. Barchasi "Barselona"ning transfer siyosatiga bog'liq. O'ylaymanki, o'tish davri yana 2 yil davom etadi", – dedi Gleb.

"Barselona" ushbu mavsumni juda omadsiz boshladi. Jamoa La Ligada 9-o'rinda boryapti, Chempionlar ligasida esa "Bavariya" (0:3) hamda "Benfika" (0:3)ga yirik hisobda yutqazib, oxirgi o'ringa joylashgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Livesport