G'iyos Komilov "Navbahor" bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2017, 22:36
Namanganning "Navbahor" klubi yana bir futbolchi bilan shartnoma tuzdi.

Jamoa bunga qadar Mirzohid G'ofurov va Jahongir Mehmonov bilan rasman shartnoma tuzgan edi. Bugun G'iyos Komilov bilan ham kelishuvga erishildi. Shartnoma tuzilganini bosh murabbiy Ilhom Mo'minjonov tasdiqladi.

To'rt yil davomida "Mashal" sharafini himoya qilgan G'iyos Komilov 2016 yilgi mavsumda 21ta uchrashuvda maydonga tushib 3ta sariq kartochka oldi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia