Gilermo Ochoa o'zining oltinchi mundialida qatnashmoqchi

Sherzod Nurmatov
8 iyul 2025
Meksika terma jamoasi darvozaboni Gilermo Ochoa faoliyatidagi oltinchi JCHda ishtirok etish niyati borligini ma'lum qildi.

39 yoshli posbon Portugaliyaning ABC klubi bilan shartnomasi tugagach, erkin agentga aylandi.

Ochoa beshta mundialda ishtirok etgan, ammo dastlabki ikkitasini zaxira o'rindig'ida o'tkazgan.

"Men Jahon chempionatidagi joy uchun kurashish niyatidaman. Men buni talab qilganim yo'q, unga munosib bo'lishni xohlayman. Bu turnirda ishtirok etsam, zo'r bo'lardi. Men yuqori saviyani saqlab qolish uchun klubda har kuni mashg'ulot o'tkazyapman. Faoliyatimni kuzatib borgan odamlar ko'p narsani qurbon qilganimni bilishadi va agar imkoniyat bo'lsa, borimni berishda davom etaman", – dedi Ochoa.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com