Giggz o'z xohishi bilan Uels TJ murabbiyligidan ketdi. Buning sababi ham ma'lum

Eldor Akmurzayev
21 iyun 2022
Uels futbol associaciyasi Rayan Giggz bilan kelishuv bekor qilingani e'lon qildi.

Giggz 2018 yil yanvaridan beri termani boshqarib kelayotgandi va 2020 yil noyabrida qiz o'rtog'i Keyt Grevillga hujum qilishda ayblanib, qamoqqa olinganidan keyin vaqtincha jamoadan chetlatilgandi. Keyin esa u xuddi shu kabi ayblov bilan qiz o'rtog'ining singlisi Emma Grevillga ham hujum qilgani ma'lum bo'ldi.

Mazkur holat bo'yicha sud jaroyoni 2022 yil 8 avgustda bo'lib o'tadi, MYU sobiq a'zosi esa barcha ayblovlarni rad etmoqda.

Giggz o'ziga qo'yilayotgan ayblovlar Uels TJning JCH-2022 tayyorgarlik jarayoniga ta’sir o'tkazmasligi uchun o'z xohishi bilan iste'fo so'radi. Terma vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajargan Rob Peyj boshqaruvida pley-offdan o'tib, mundialning final bosqichiga yo'l oldi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: faw.cymru