Giggz: "Beyl nima uchun "Real"dan ketishi kerak?"

Mirjalol Normatov
19 iyun 2018
Uels termasi bosh murabbiyi Rayan Giggz "Real" forvardi Garet Beyl jamoadan ketishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Manchester Yunayted" muxlisi sifatida uning bizga ko'chib o'tishidan xursand bo'laman. U bu jamoaga mos keladi deb hisoblayman. Biroq Garet o'z jamoasi bilan ketma ket 3 marta YCHL sovrinini qo'lga kiritdi. Xo'sh, nima sababdan u "Real"dan ketishi kerak?", - dedi Giggz.

2017/18 yilgi mavsumda Beyl Madrid klubi tarkibida 39 uchrashuvida qatnashdi va 21 gol kiritib, 7 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal