

Futbolchi Farer orollari terma jamoasiga qarshi o'yinning 21-daqiqasida hisobni ochdi.
Oradan besh daqiqa o'tib Gibraltar terma jamoasi o'z tarixida ilk bor o'z darvozasidan to'p olib chiqdi – farerliklar hujumchisi Yoan Edmundsson Jordan Peres darvozasini aniq nishonga oldi.
Uchrashuv oxir-oqibat Gibraltarning 1:4 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakuniga etdi.
Gibraltar terma jamoasi 2013 yil may oyida UEFAga a'zo bo'lgan. Terma jamoa o'zining ilk uchrashuvini 2013 yil 19 noyabr kuni Slovakiya terma jamoasiga qarshi o'tkazgan. O'shanda Allen Bula jamoasi nisbatan kuchli raqib bilan 0:0 hisobida durang o'ynagan edi.
Evro-2016ning saralash bosqichida Gibraltar terma jamoasi Germaniya, Irlandiya, Polsha, Shotlandiya va Gruziyaga qarshi bahs olib boradi.



