Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi: "Angliya xuddi "Union" kabi o'ynamoqda"

Sherzod Nurmatov
21 iyun 2024
Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi va Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi himoyachisi Kristof Kramer Angliya terma jamoasining o'yin uslubini tanqid qildi.


"Agar siz Angliyadagidek tarkibga ega bo'lsangiz, "Union" kabi o'ynay olmaysiz. Ular o'yinchilarni himoya blokiga qo'yib, muvaffaqiyatga erishadilar. Biroq ingliz futbolchilariga juda achinaman. Ular zo'r klublarda yuqori saviyada o'ynashadi, keyin esa terma jamoaga kelib, mana shunday o'yin ko'rsatishadi", – dedi Kramer.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ZDF