Germaniya kubogi. 2-divizion klubiga mag'lub bo'lgan "Bavariya" musobaqani tark etdi

14 yanv 2021, 03:45
Germaniya kubogi 2-bosqichi doirasidagi "Xolshtayn Kil" – "Bavariya" uchrashuvi nihoyasiga etdi.

Nemis grandi sensacion ravishda mag'lubiyatga uchradi. Asosiy vaqtda durang (2:2) qayd etilgach, qo'shimcha bo'limlarga murojaat qilindi. Ammo ekstra-taymlarda gol ko'rmadik. Penaltilar seriyasi esa 2-divizion klubining foydasiga hal bo'ldi. Seriyada yarim himoyachi Mark Rokaning xatosi "Bavariya"ga qimmatga tushdi.

Xolshtayn Kil – Bavariya 2:2 (penaltilar seriyasi - 6:5)

14 yanvar, 00.45, "Xolshtayn"

Gollar:

0:1 – 14 Gnabri, 1:1 – 37 Bartels, 1:2 – 47 Sane, 2:2 – 90 Val.

Xolshtayn Kil – Gelios, Val, van den Berg, Dem, Tesker (Komenda, 80), Biler (Arslan, 84), Bartels, Li Chje Son, Mees (Reze, 77), Porat (Xauptmann, 77), Meffert (Zerra, 84).

Bavariya – Noyer, Devis, Lyuka Ernandes, Sarr (Pavar, 85), Zyule, Sane (Duglas Kosta, 74), Tolisso (Alaba, 105), Gnabri (Roka, 90), Kimmix, Myuller, Musiala (Levandovski, 74).


Manba: championat.asia