Germaniya chempionati. “Borussiya” va “Shalke” uchrashuvida g'olib aniqlanmadi

10 dek 2017, 01:45
Germaniya Bundesligasi 15-turi doirasida “Borussiya” (Myonxengladbax) klubi o'z uyida “Shalke” bilan murosa ko'chasini tanladi.

Mezbonlar 24-daqiqada Kristof Kramerning aniq zarbasilan keyin hisobni ochishgandi. 62-daqiqada Yannik Vestergor o'z darvozasiga gol urib, muvozanatni tikladi -1:1.

Takidlash joizki, Domeniko Tedesko qo'l ostida “Shalke” Bundesligada 9 o'yindan buyon mag'lub bo'lmayapti.

Germaniya chempionati, 16-tur.

Borussiya M – Shalke-04 1:1 (1:0, 0:1)

Gollar: 1:0 – 24 Kramer, 1:1 – 62, avtogol Vestergor.

Borussiya M – Zommer, Elvedi, Ginter, Vestergor, Vendt, Grifo (Bobadilya, 76), Kramer (Kyuizans, 79), Zakariya, Azar, Shtindl, Raffael.

Shalke-04 –  Fermann, Naldo, Kerer (Stambuli, 67), Nastasich, Ochipka, Mayer, Kalijuri, Makkenni, Xarit (Konoplyanka, 83), Embolo (Burgshtaller, 60), Di Santo.

Ogohlantirish: Elvedi (16), Xarit (41), Nastasich (82).


Manba: championat.asia