Georgiy Mamardashvili "Liverpul"ga o'tadi va APLning boshqa jamoasiga ijaraga berib yuboriladi

Khoja
17 avg 2024
"Valensiya" darvozaboni Georgiy Mamardashvili "Liverpul"ga o'tishga yaqin.

23 yoshli futbolchi uchun inglizlar 35 million evro to'laydi. Shundan so'ng darvozabon bir yilga "Bornmut"ga ijaraga berib yuboriladi. Darvozabon "Liverpul" bilan besh yillik shartnoma imzolaydi. 

Ma'lumot uchun, Georgiy Mamardashvili o'tgan mavsum "Valeniya" safida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, '12 ta uchrashuvda o'z darvozasidan gol olib chiqmagandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com