Gennadiy Kochnev: "UzDongJu"ga qarshi jiddiy tayyorlandik"

Narzulla Saydullayev
15 may 2016, 12:45
O'zbekiston birinchiligi 9-turidan o'rin olgan “UzDongJu” - “Nurafshon” uchrashuvi oldidan “Nurafshon” bosh murabbiyi Gennadiy Kochnevning fikrlari bilan qiziqdik:
"Biz raqib kim bo'lishidan qatiy nazar har bir bahsga jiddiy tayyorlarlik ko'ramiz.  Shuningdek “UzDongJu” jamoasiga qarshi uchrashuvga ham jiddiy tayyorgarlandik. Bugungi  raqibimiz musobaqa peshqadamlaridan biri, bu o'yinga katta e'tibor bilan qarayapmiz.

Tarkibda biroz o'zgarishlar bo'ladi. Lekin qanday tarkib bo'lishidan qatiy nazar biz safarda o'ynaymizmi yoki o'z maydonimizda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz – deya so'zini yakunladi Kochnev.

"UzDongJu" matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia