Gennadiy Kochnev: "Sho'rtan" ham shu maydonda o'ynadi, biz ham"

Administrator
9 avg 2023
Pro-liganing 13-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "G'ijduvon" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Gennadiy Kochnev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Birinchi bo'limda birgina vaziyat tufayli penaltidan gol o'tkazib yubordik. Yigitlar umumiy xolatda yomon harakat qilishmadi. Jamoamizda moliyaviy muammolar bor. Jamoamiz tarkibi deyarli yangilandi. O'yindan o'yinga kuchayib boramiz. Ikkinchi bo'limda oldingi chiziqda yaxshiroq harakat qildik. Yigitlar mezbonlar darvozasiga to'p kiritishni uddalashdi.

- Xorijlik mutaxassis o'yin davomida ko'proq ko'rsatma berdi...

- Ha, u murabbiylar shtabi tomonidan tuzilgan reja va ko'rsatmalarni etkazib turdi. U bilan bog'liq rasmiy jarayonlar so'ngi bosqichda.

- Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilarni o'yinidan qoniqdingizmi?

- Ha, zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilar yomon harakat qilishmadi. Aynan oxirida amalga oshirilgan 2 nafar o'zgarish jamoamiz uchun foydali bo'ldi.

- O'yin soat 18:00da boshlandi. Bu jamoamiz o'yiniga ta’sir ko'rsatmadimi?

- "Sho'rtan" ham shu maydonda o'ynadi, biz ham. Ob-havo ta’sir ko'rsatgan bo'lishi mumkin. Biroq biz birinchi bo'limda ham yomon harakat qilmadik. Mag'lubiyat sababini ob-havo bilan bog'lamoqchi emasman.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia