"Gengam" prezidenti: Kievning "Dinamo" klubi muxlislari o'zini xuddi quturgan itdek tutishdi"

Aslanov Jasurbek
27 fev 2015
"Gengam" prezidenti Bertran Despla Kievning "Dinamo"siga qarshi Yevropa ligasi javob uchrashuvida, raqib ishqibozlarining o'zini yomon tutgani haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, "Dinamo"ning bir necha muxlisi Shovkovskiy darvozasining ortidagi yugurish yo'lakchasiga chiqib olgani uchun o'yin hakam tomonida 80 daqiqada to'xtatildi. Birozdan so'ng, uchrashuv yana davom ettirildi va "Gengam" mehmonda 3:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

"Maydonda urishishni xohlagan bir nechta "quturgan itlar"ni ko'rdim. "Gengam"ning 11 nafar futbolchisini qahramon desak bo'ladi, chunki xavfsizlik tashkilotchiligi juda yomon ahvolda, futbolchilarning xavfsizligi taminlanmagan edi.

Ular muxlis emas, jangarilarga o'xshardi. Futbolchilarning diqqati boshqa joyga qaratilganda qanday qilib futbol o'ynash mumkin? Bunday holat faqat Ukrainada bo'lishi mumkin" - deydi "Gengam" prezidenti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com