G'azab otiga mingan Konte tribuna ostidagi yo'lakda "Chelsi"ning jarohatdagi futbolchisi bilan janjallashdi

Sherzod Nurmatov
14 avg 2022
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte "Chelsi"ga qarshi (2:2) Angliya Premer-ligasining 2-tur uchrashuvidan so'ng tribuna ostida navbatdagi to'qnashuvda orani ochiq qilishga kirishdi.

Avvaliga italiyalik mutaxassis ikkinchi taym o'rtalarida "aristokratlar" bosh murabbiyi Tomas Tuxel bilan to'qnash keldi, o'yindan so'ng ikki murabbiy mushtlashib ketishiga sal qoldi.

Konte tunnel tomon yo'l olganda jarohati tufayli o'yinda ishtirok eta olmagan "Chelsi" yarim himoyachisi Mateo Kovachichga urildi. Shundan keyin Kovachich va "Tottenxem” murabbiylar shtabi o'rtasida mushtlashuv kelib chiqdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun