Gattuzo "Spartak Moskva"ni boshqarmaydi, u katta ehtimol bilan yana A Seriyaga qaytadi

Eldor Akmurzayev
30 sen 2019
Milanning sobiq ustozi Jennaro Gattuzo Spartak Moskvani boshqarmaydi, deya xabar beradi Calcio Mercato jurnalisti Alfredo Pedulla,

Manbaga ko'ra, Moskva klubi rahbariyati Gattuzoga moliyaviy tomondan yaxshigina taklif berganiga qaramay, bu uni qoniqtirmagan. 41 yoshli mutaxassis katta ehtimol bilan A Seriyaga qaytib, Jenoaga murabbiy sifatida tayinlanishi mumkin. 

Jenoaliklar ayni payt Italiya chempionatining 6-turidan keyin 5 ochko bilan 19-o'rinda turibdi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Calcio Mercato