Gaston Ramires Rossiyaga yo'l olishi mumkin

Alisher
9 iyul 2019
"Sampdoriya" yarim himoyachisi Gaston Ramiresga bir yo'la 3 rus klubi qiziqmoqda.

Gap "Zenit", "Lokomotiv" va "Krasnodar" klublari haqida ketmoqda.

Futbolchining taxminiy bahosi 13 million evrodan ko'p emas. Futbolchining "Zenit"dan ko'ra "Lokomotiv" va "Krasnodar" klublariga o'tish ehtimoli yuqoriroq.

28 yoshli futbolchi faoliyatini "Penyarol" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va faoliyatini aynan shu klubda boshlagan. U 2017 yildan buyon "Sampdoriya" sharafini himoya qilmoqda.

Ramires 2010 yildan buyon Urugvay terma jamoasi sharafini himoya qiladi.


AlisherMuallif
Manba: Sampdorianews.net