Garsiya: "Roma"ning oldingi ahvoli haqida gapirishni istamasligimni doim takidlaganman"

Tolibjon Qosimov
26 sen 2013
Italiya chempionatida yakka peshqadamga aylanib olgan "Roma" klubi bosh murabbiyi Rudi Garsiya, jamoadagi hozirgi holat haqida gapirib o'tdi.
"Eng muhimi kelajakka qarash. Men har doim "Roma"ning o'tmishi haqida gapirishni istamasligimni takidlaganman. Jamoada g'oliblik ruhiyat va juda ko'p istedodli futbolchilar bor. Menga futbolchilar namoyish etayotgan ishtiyoq juda yoqyapti va bu katta umidlar bag'ishlayapti. Men ajoyib jamoaga murabbiylik qilyapman va hozirgi erishilayotgan natijalarning bari ularning mehnati samarasi. Shuni unutmangki, biz besh g'alabaning 3tasiga mehmonda erishdik", dedi Garsiya.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com