

"Manchester Yunayted" klubi sobiq himoyachisi Gari Nevill klubning hozirgi kundagi eng muhim to'rt o'yinchisini ketma-ketlik bilan sanadi. Nevilldan aynan shu ro'yxatni sanab berish so'raldi.
"Ketma-ketlikda sanaydigan bo'lsam, Kazemiro birinchi, Refshord esa ikkinchi o'rinda. O'chinchi o'rinni esa Varan va De Xea bo'lishib turibdi. Bu o'yinchilar ajoyib o'yin ko'rsatishmoqda.
De Xea kecha bir necha seyvlar qilishiga to'g'ri keldi. Reshford va Kazemiro esa o'yinga tushib, kartinani butunlay o'zgartirishdi. Varan esa asosiy himoyachiligi sabab kecha unga dam berildi", -deydi Gari Nevill.



