Gari Lineker: “Futbol oddiy o'yin: 22 kishi to'pning ortidan 90 daqiqa davomida quvadi, oxirda esa nemislar parijliklarni mag'lub etadi”

Angliya terma jamoasi sobiq a'zosi Gari Lineker YCHL finalidan so'ng o'zining mashhur gaplarini biroz o'zgartirdi.

“Bavariya”ni YCHLdagi g'alabasi bilan tabriklayman. Futbol oddiy o'yin: 22 kishi to'pning ortidan 90 daqiqa davomida quvadi, oxirda esa nemislar jermenlarni (parijliklarni) mag'lub etadi”, - deya yozgan Lineker.

Eslatib o'tamiz, Linekerning o'sha mashhur gapi aslida 1990 yilgi JCHda Angliyaning Germaniyaga qarshi bahsdagi mag'lubiyatidan so'ng quyidagicha yangragan edi: “Futbolni 22 kishi o'ynaydi, yakunda esa nemislar g'alaba qozonadi”.


[instagram]

   [/instagram]


Manba: Twitter/GaryLineker