

Uchrashuvda hisob suriyalik yarim himoyachi Holid Almbaed tomonidan ochildi. Ilk taymga qo'shib berilgan daqiqalarda Islom Batran oradagi farqni tikladi. Falastinlik futbolchi Oday Dabbag avvaliga penaltini aniq amalga oshirib, keyin esa bir daqiqa o'tar o'tmas o'yindan gol urishga erishdi - 3:1. Suriya termasi hujumchilari Firas Al-Hatib, Mardik Mardikian raqib darvozabonini dog'da qoldirib, hisobni 3:3 ko'rinishiga olib kelishdi. O'yin tugashiga bir necha daqiqalar qolganida Muhammad Yamin gol urib, Falastinga g'alaba taqdim etdi.

Birozdan so'ng, yani, 00:30da mezbon Iroq vakillari Yamanga qarshi to'qnash kelishadi.




