

Neapolliklar javob uchrashuvida "Yuventus"ni 3:2 hisobida mag'lub etishdi, ammo keyingi bosqichga chiqa olishgani yo'q.
"Xafamiz. Jamoa yakshanba kuni chempionatda va endi kubok bahsida yaxshi natija qayd etdi. Ligada faqat 1 ochko oldik, kubokda g'alaba qozondik, ammo xursand bo'lish uchun sabab yo'q.
Yakshanba kuni bizni chempionatda "Lacio"ga qarshi muhim o'yin kutib turibdi. Maqsadimiz - Chempionlar ligasida ishtirok etish uchun Italiya chempionatini ikkinchi o'rinda yakunlash. Buning uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz va oxirigacha kurashamiz" - deydi Gamshik.



