Gallaxer APLga qaytishi mumkin

Alisher Ostonov
9 avg 2025
"Atletiko" yarim himoyachisi Konor Gallaxer APLga qaytishi mumkin.

25 yoshli angliyalik futbolchiga "Nyukasl" davogarlik qilmoqda. Qayd etilishicha, Gallaxer Madrid klubiga yangi futbolchilar kelgach, kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi mumkin. "Nyukasl" bu transfer uchun 40 million evro sarflashga tayyor.

Gallaxer o'tgan mavsumda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 40 million evroga baholamoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Marca