Galickiy: "Krasnodar" ko'proq tanaffusdan keyin gol o'tkazib yuboryapti"

Aslanov Jasurbek
7 noya 2014
"Krasnodar" prezidenti Sergey Galickiy o'z jamoasining "Volfsburg"dan uchragan mag'lubiyati haqida o'z fikrini bildirdi.

"Birinchi bo'lim 0:0 bo'ldi, biz ikki imkoniyatdan foydalana olmadik. Uchinchi goldan so'ng esa o'yinni tugatdik. 1:3 mi yoki 1:5 farqi yo'q. Guruhimizda Chempionlar ligasida o'ynay oladiganlar yig'ilgan deb aytish qiyin. Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik, ammo o'yin ikki taymda iborat. Biz ko'proq tanaffusdan keyin gol o'tkazib yuboryapmiz. Bu safar ham shunday bo'ldi.

Jamoa himoyaga yotib olgani yo'q, chunki uslubimiz shunday. Rossiya chempionati darajasi ham joyida. Futbolchilar qisqa vaqt ichida ko'p o'yin o'tkazishmoqda. Yigitlarga qiyin" - deydi klub prezidenti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com